Ma’naviyat va Ma’rifat

Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch

I.A.Karimov

«O’quvchi-yoshlarda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish,ularni xalqimizning boy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga chuqur e’tiqod ruhida tarbiyalash» kollejning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini shakllantirishda asosiy vazifa hisoblanadi. Shu mas’uliyatli maqsadni amalga oshirish borasida so’nggi yillarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda alohida e’tiborni asosan, yosh avlodni mustaqil fikrlashga, uni har qanday auditorida va holatda bayon etish, uni himoya qila olish imkoniyatlarini shakllantirishga qaratilmoqda.»

Shu munosabat bilan, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha o’tkazilayotgan tadbirlarning har biri ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishiga alohida ahamiyat berilmoqda.

So’nggi yillarda kollejda uyushtirilayotgan, «Ochiq muloqot», «Balli qizlar» «Xalqaro» giyohvandlikka qarshi kurash», Alisher Navoiy, Z. M.Bobur, A.Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa o’zbek xalqining ulug’ namoyondalarining ijodlariga bag’ishlangan tadbirlar viloyat teleradio kompaniyasi va vaqtli matbuot bilan hamkorlikda o’tkazilmoqda.

«Xumor» raqs dastasi to’garagi rahbari Xasanova Zulxumor to’garak ishtirokchilari bilan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tantanali konsert dasturidan so’ng.

Viloyat o’rta maxsus, kasb-hunar tizimi xotin-qizlar kengashi anjumanida Jumagul Suvonova Ulug’bek vorislari gazetasining bosh muharriri «Mustahkam oila yili»ga bag’ishlab xotin-qizlarni yillik reja bilan tanishtirmoqda.