Kafedralar

Samarqand 1-son pedagogika kollejida 150 ga yaqin pedagog-muhandislar o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Ularning 99 foizi oliy ma’lumotli, qolgan qismi esa o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan muhandis-pedagoglardir. Xususan, 3 nafar fan nomzodi, 21 ta bosh o’qituvchi, 22 ta yetakchi o’qituvchi va 24 ta katta va mutaxassis o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Kollejda 10 ta fan kafedralari faoliyat ko’rsatadi:

O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 4 oktyabrdagi «O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida»gi 400-sonli Qarori hamda Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligining 2008 yil 18 iyundagi 185-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash, shuningdek, Oliy o’quv yurtlari bilan ijodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida kollejning har bir kafedrasida SamDU va Samarqand shahridagi boshqa oliy o’quv yurtlari tegishli fakultetlarining filiallari tashkil etilgan.

1. «PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA» kafedrasi
2. «MEHNAT» kafedrasi
3. «TABIIY FANLAR» kafedrasi
4. «FIZIKA – MATEMATIKA» kafedrasi
5. «IJTIMOIY FAN» kafedrasi
6. «HORIJIY TILLAR» kafedrasi
7. «JISMONIY TARBIYA» kafedrasi
8. «MUSIQA VA ASHULA» kafedrasi
9. «TASVIRIY SAN’AT» kafedrasi
10. «ONA TILI VA ADABIYOT» kafedrasi