Bo’limlar

Tursunov Hamza Xo’jamuradovich

1-kurs «Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi» bo’lim mudiri, 1977 yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida tug’ilgan. Millati o’zbek, ma’lumoti, oliy. 2002 yilda Samarqand Davlat Universitetining Amaliy matematika fakultetini «Tadbiqiy matematika va informatika» yo’nalishini tamomlagan. Ushbu ta’lim muassasasida 2002-2003 o’quv yilida informatika o’qituvchisi vazifasida ish boshlagan. 2011-2012 o’quv yilda «Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi» bo’lim mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

BO’LIM HAQIDA.

1-Samarqand pedagogika kolleji talabalari 4 yo’nalish bo’yicha tahsil oladi. Ta’lim muassasasi tashkil etilgan dastlabki kungacha asosiy mutaxassis yetishtiradigan bo’lim bu «Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi» (kod 3141601) bo’limidir. Bugungi kunda bo’limning I-kursida 400 nafar o’quvchi yoshlar ta’lim-tarbiya olib kelishmoqda. Shundan 397 nafari qizlar, 3 nafari esa o’g’il bolalarni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda «Musiqa ta’limi» bo’limi ham 2011-2012 o’quv yilida o’z ish faoliyatini boshladi. Bo’limda 30 nafar talaba tahsil olmoqda, shundan 23 nafari qizlar, 7 nafari esa o’g’il bolalarni tashkil etadi. Bo’limda guruh rahbarlari va «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkiloti yetakchisining sa’yi harakatlari bilan talabalarning tartib intizomi, kollejda tashkil etilgan o’quv forma asosida dars mashg’ulotlariga qatnashishlari, shu bilan birgalikda talabalar uyiga kirib-chiqishlariga qattiq nazorat o’rnatilgan. Bo’lim talabalarining dars mashg’ulotlariga qatnashish davomati o’rtacha 97,8% ni tashkil etadi.

Usmonov Abdurashid Norbo’tayevich

2-kurs «Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi» bo’lim mudiri, 1981 yil 6-aprelda Samarqahd viloyati Ishtixon tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. SamDU 2006 Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, (bakalavr)2009 yil Pedagogika yo’nalishi magistraturani tamomlagan. Ushbu ta’lim muassasasida 2006-2010 o’quv yilida pedagogika o’qituvchisi vazifasida ish boshlagan. 2010-2011 o’quv yildan «Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi» bo’lim mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

BO’LIM HAQIDA.

1-Samarqand pedagogika kolleji talabalari 4 yo’nalish bo’yicha tahsil oladi. Ta’lim muassasasi tashkil etilgan dastlabki kungacha asosiy mutaxassis yetishtiradigan bo’lim bu «Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishi» (kod 3141601) bo’limidir. Bugungi kunda bo’limning 2-kursida 426 nafar o’quvchi yoshlar ta’lim-tarbiya olib kelishmoqda. Shundan 411 nafari qizlar, 15 nafari esa o’g’il bolalarni tashkil etadi. Bo’limda guruh rahbarlari va «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkiloti yetakchisining sa’yi harakatlari bilan talabalarning tartib intizomi, kollejda tashkil etilgan o’quv forma asosida dars mashg’ulotlariga qatnashishlari, shu bilan birgalikda talabalar uyiga kirib-chiqishlariga qattiq nazorat o’rnatilgan. Bo’lim talabalarining dars mashg’ulotlariga qatnashish davomati o’rtacha 97,1% ni tashkil etadi.

Hotamov Obid Rizayevich

1964 yil 18-iyunda Samarqand viloyati Urgut tumani Qoratepa FY Tersak-II qishlog’ida tug’ilgan.

1985 yil Samarqand Davlat Universitetining Tarix fakultetining jamiyatshunoslik ixtisosligi bo’yicha tamomlagan.

1985-1991 yillar Samarqand Davlat Universitetining Harbiy ta’lim kafedrasida ishlab chiqarish ustasi va haydovchi bo’lib ishlagan. 1991 yil sentabr oyidan boshlab Samarqand shahar Ushinskiy nomidagi pedagogika bilim yurtida tarix fani o’qituvchisi bo’lib o’z ish faoliyatini boshladi. 1996 yildan boshlab shu bilim yurtining ijtimoiy fan asoslari kafedrasi mudiri bo’lim faoliyat ko’rsatdi. 2007-2008 o’quv yillari Bulung’ur pedagogika va sport kollejida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari vazifasida, 2008-2009 o’quv yillari Pastdarg’om pedagogika va sport kollejida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari vazifazida ishladi.

2010 yil aprel oyidan 1-Samarqand pedagogika kollejida «Boshlang’ich ta’lim» yo’nalishi (kod 3141601) 3-kurs bo’lim mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

BO’LIM HAQIDA

3-kurs «Boshlang’ich ta’lim» bo’limida 15 ta guruh mavjud bo’lib, unda 450 nafar talaba tahsil olmoqda. Bu talabalardan 435 nafari qizlar va 15 nafari o’g’il bolalarni tashkil etadi.

«Boshlang’ich ta’lim» bo’limida

1.Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyachi
2.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat va tasviriy faoliyat rahbari
3.Tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi kasblari bo’yicha kichik mutaxassislik beriladi

Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi ( kod-3141602) bo’limida 7 ta guruh bo’lib, jami 210 nafar talaba tahsil oladi, shundan 195 nafari qiz bolalar, 15 nafari o’g’il bolalardan iborat. Ushbu bo’limda boshlang’ich sinflarda ta’lim tarbiya tashkilotchisi bo’limidan farqli o’laroq, mutaxassislikning o’zi to’garak ishlari rahbari, to’quvchilik, tikuvchilik kashtachilik va pazandachilik ishlari, shuningdek, tasviriy san’at, umumta’lim maktablari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi va boshqalardan iborat bo’lganligi sababli dars jarayonida asosan yuqorida sanab o’tilgan kasblarni chuqurroq o’rganishga, uni to’liq egallab olishga va kelajakda boshlang’ich sinf o’quvchilariga ko’rsata bilish, o’rgata bilish va shu kasblarga havas uyg’otish yo’li bilan to’garaklarga jalb etish asosiy vazifa qilib belgilanadi.

Jismoniy tarbiya va bolalar sporti bo’limi ( kod-3141901) da boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya rahbari va jismoniy tarbiya murabbiyi mutaxassislari tayyorlaydi. Ushbu bo’limda 8 ta guruh, jami 236 nafar talaba tahsil oladi. Shulardan 127 nafari qiz bolalar, 109 nafari o’g’il bolalarni tashkil etadi.

Bo’lim Samarqand 1-son pedagogika kollejida 2005- yilda tashkil qilindi va joriy yilda dastlabki bitiruvchilarini mustaqil hayotga kuzatadi. Tashkil qilingandan so’ng, qisqa muddat ichida bo’lim mutaxassislari tomonidan bir qator jismoniy tarbiya yo’nalishidagi to’garaklar faoliyatini yo’lga qo’yishdi. Natija uzoq kutilmadi.

Milliy kurash bo’yicha Qoroqalpog’iston Respublikasida Madaniyat va sport ishlari Vazirligi tashabbusi bilan o’tkazilgan turnirda Xotamova Nasiba II-darajali diplom bilan taqdirlandi;

2006 yil «Barkamol avlod» saralash musobaqalarida yengil atletika sport turi bo’yicha Bo’yxo’rozova Matluba, Sodiqova Nodira, Hasanova Feruza, Raxmonova Naziralar I darajali diplom bilan taqdirlandilar.

«Sharq yakka kurashlari jang san’atlarini rivojlantirish Markazining II ochiq festivalida Sulaymonov Sherzod III darajali diplom bilan taqdirlandi;

«Kamondan o’q otish» sport turi bo’yicha 2007 yilda Nurmanova Sitora Respublika miqyosidagi turnirda 2-o’rinni egalladi;

Boks bo’yicha 2011 yil Toshkentda o’tkazilgan chempionatda Ibragimov Bobur 70 kg vazn bo’yicha 1-o’rinni egallab, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligining tashabbusi bilan qizlar o’rtasida kurash bo’yicha o’tkazilgan birinchilikda Arziqulova Nargiza III darajali diplom bilan taqdirlandi.

«Barkamol avlod» sport musobaqalarining viloyat bosqichida kollejning «G’unchalar» voleybolchi qizlar jamoasi faxrli 2- o’rinni egalladi.

SamBO bo’yicha 2009 yil O’zbekiston Respublikasida qizlar o’rrasida Roziboyeva Nigina Respublika birinchiligida 70 kg vazn bo’yicha 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Bokus bo’yicha 2011 yil Toshkentda o’tkazilgan chempionatda Ibragimov Bobur 70 kg vazn bo’yicha 1-o’rinni egallab, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

2011 yil Samarqand viloyatida Tayekvondo sporti turidan Ibragimov Bobur 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

O’zbek qo’l jangi san’ati bo’yicha 2010 yil Samarqand viloyatida o’tkazilgan turnirda Musurmonov Nizom faxirli 3-o’rinni egalladi.