Samarqand 1-son Pedagogika Kolleji

1-son Samarqand pedagogika kolleji Respublikadagi eng ko’hna, nufuzli ilm dargohlaridan biri bo’lib, 1927-yilda o’z faoliyatini chalasavodlikni bitirishdan boshlagan. Dastlab chalasavodlikni bitirish (ChB) kursini 13 ta xotin-qiz tamomlagan. Keyinchalik erkaklar va xotin-qizlar bilim yurtiga aylantirilgan. Uning tarkibidan erkaklar bilim yurti (hozirgi Siyob sport va pedagogika kolleji) ajralib chiqqan.

O’zbekiston xalq maorifi komissiya-raisatining 1943-yil 8-sentabrdagi 937-buyrug’iga asosan Samarqand Xotin-qizlar bilim yurtiga aylantirilgan va unga «Boshlang’ich sinf o’qituvchisi», «Maktabgacha ta’lim — tarbiya muassasalari uchun tarbiyachi», «Kutubxonachi» mutaxassislari tayyorlangan. Keyinchalik esa «Maktabgacha tarbiya» mutaxassisligi (hozirgi Samarqand shahar pedagogika kolleji) ajralib chiqqan.

1946-yilda bilim yurtiga K.D.Ushinskiy nomi berilgan, 1996-yildan esa 1-son Samarqand pedagogika bilim yurti deb atalib, hozirgi kungacha Respublika viloyat, shahar maktablariga boshlang’ich sinf o’qituvchisi hamda 1973-yildan boshlab tasviriy san’at va chizmachilik o’qituvchilarini yetkazib berdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 77-sonli «Akademiklitsey va Kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularni faoliyatini boshqarish to’g’risida»gi Qonuniga hamda 2001-yilning 12-iyuldan boshlab bilim yurti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 253-sonli qaroriga binoan 1-son Samarqand pedagogika bilim yurti Samarqand 1-son pedagogika kollejiga aylantirildi.

Kollej uchun dasturi amal bo’lgan «Ta’lim to’g’risi»dagi qonun «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari (DTS)», «Davlat to’g’risida»gi qonun, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, o’rta maxsus kasb — hunar ta’lim Markazi, qaror, yo’riqnomalariga hamda kollej Nizomiga asoslanib faoliyat yuritadi.